Jamiyat
Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi xonadonlardan birida noqonuniy boqilayotgan sher 3 yoshli qizchani tishlab olgani haqida xabar berilgandi. Sogʻliqni saqlash vazirligi qizchaning hozirgi ahvoli haqida maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, bolaning ahvoli qoniqarli, muolajalar reja asosida davom ettirilmoqda.
“Travmatologiya va neyroxirurgiya boʻlimida shoshilinch ravishda barcha kerakli muolajalar oʻtkazildi. Jumladan, quturishga qarshi antirabik vaksina qoʻllanib, jarohatlarga birlamchi jarrohlik ishlovlari berildi”, deydi Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan 2-son bolalar jarrohlik klinik shifoxonasi bosh shifokori D.Sobirov.
Bemor muassasaga olib kelingan vaqtda umumiy ahvoli oʻrta ogʻirlikda baholangan. Hushi joyida boʻlsada, bezovta va qoʻrquv alomatlari koʻzga tashlangan. Bosh sohasi rentgen va MSKT tekshiruvlaridan oʻtkazilgan. Patologik sinish alomatlari kuzatilmagan. Yosh bemor neyroxirurg, nevropatolog va pediatr kabi qator mutaxassislar tomonidan konsultatsiya qilingan.
Shuningdek, unda qoʻshimcha tarzda yuqori nafas yoʻllarining yalligʻlanishi belgilari boʻlgani uchun koʻkrak qafasining rentgenografiyasi tekshiruvi oʻtkazilgan. Pediatr tomonidan oʻtkir respirator infeksiya, faringobronxit tashxisi qoʻyilib, davolashni davom ettirish va jarohatlarini nazorat qilib turish maqsadida torakal jarrohlik boʻlimiga oʻtkazilgan.
Hozir bolakayning umumiy ahvoli nisbatan qoniqarli. Davo muolajalari reja asosida davom ettirilmoqda.
Sogʻliqni saqlash vazirligi bemorning ahvolini nazoratga olgan. 2-sonli klinik shifoxonaning travmatologiya va neyroxirurgiya boʻlimi boshligʻi Ismat Nigʻmatov hamda Respublika bosh rabiologi Saidvoris Gʻaniyev tomonidan bemorning holati muntazam tarzda tekshirib borilmoqda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q