Toshkentda ayrim yo‘nalishlardagi avtobuslar qatnovi soni ko‘paytirilmoqda

Saqlash
22:32 / 19.04.2022 1116 0

"Toshshahartransxizmat" AJ аxborot xizmatining ma’lum qilishicha, yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, ertaga, 20 apreldan boshlab, ayrim yo‘nalishli avtobuslar qatnovi soni ko‘paytiriladi.

 

Unga ko‘ra, "7-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan  34-sonli "Chilonzor metrosi - Shifokorlar shaharchasi", 77-sonli "Chilonzor mavzesi 25 daha - Mahalliy ayeroport-3", 98-sonli "Chilonzor buyum yuozori - Elektrokabel zavodi" va 181-sonli "Yangiyo‘l dehqon bozori - Farhod bozori" avtobus yo‘nalishlarining jadvallar soni:

 

– 34-sonli avtobus yo‘nalishi - Ish kuni 5(+1) ta, shanba kuni 5(+1) ta, yakshanba kuni 4 ta;
– 77-sonli avtobus yo‘nalishi - Ish kuni 7(+1) ta, shanba kuni 6 ta, yakshanba kuni 6 ta;
– 98-sonli avtobus yo‘nalishi - Ish kuni 9(+2) ta, shanba kuni 8(+2) ta, yakshanba kuni 7(+1) ta;
– 181-sonli avtobus yo‘nalishi - Ish kuni 5(+1) ta, shanba kuni 5(+1) ta, yakshanba kuni 5(+1) ta etib belgilandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//