Siyosat
Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallabay ishlash tizimi natijadorligini oshirish hamda aholi bandligini taʼminlash masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlangani haqida xabar bergan edik.
Unda tizimdagi oqsoqliklar qatʼiy tanqid qilindi.
“Shu bilan birga, joylardagi ayrim hokim yordamchilari “kredit, subsidiya, yer olib beraman”, deb taʼmagirlik qilayotgani ham juda achinarli holatdir”, dedi Prezident.
Misol uchun, Toʻraqoʻrgʻon tumani “Sharq” mahallasidagi hokim yordamchisi imtiyozli kreditga tavsiya berish uchun, “pora” olayotganda ushlanib, 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Bu kabi holatlar Mirzo Ulugʻbek, Yunusobod, Boʻka, Baxmal tumanlari, Margʻilon, Shirin shaharlarida ham mavjud.
“Barcha viloyat, tuman va shahar hokimlari, ularning birinchi oʻrinbosarlari, respublika vakillari, Ubaydullayev va uning quyi tizimi rahbarlarini qatʼiy ogohlantiraman. Odamlarni rozi qilish va inson qadrini tushunmagan rahbarlarga oramizda oʻrin boʻlmaydi”, dedi davlat rahbari.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Sport
Jamiyat
Siyosat
112456
Jamiyat
95123
Jamiyat
91365
Jamiyat
76040
Jamiyat
//
Izoh yo‘q