Hokim yordamchilari aholini toʻrt toifaga ajratgani maʼlum qilindi

Saqlash
21:35 / 19.04.2022 902 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallabay ishlash tizimi natijadorligini oshirish hamda aholi bandligini taʼminlash masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi.

 

Unda qayd etilishicha, hokim yordamchilari uch oy davomida 35,3 million aholi yashaydigan 6 million 900 ming xonadonni toʻliq xatlovdan oʻtkazib, ularni 4 ta toifaga ajratgani taʼkidlandi. Bular:


- 11 foizi – kam daromadli;

- 47 foizi – doimiy daromadi boʻlgani bilan qoʻshimcha daromadga ehtiyoji bor;

- 6 foizi – ijtimoiy himoyaga muhtoj;

- 36 foizi – iqtisodiy ahvoli yaxshi, oʻziga toʻq oilalar hisoblanadi.


Yaʼni, yangi tizim orqali har bir hokim, uning iqtisod boʻyicha 1-oʻrinbosari va hokim yordamchilari aholining 64 foizi bilan manzilli ishlash kerakligini bilib oldilar.


Bu borada, joylardagi mutasaddi rahbarlar va hokim yordamchilari birinchi va ikkinchi toifadagi xonadonlar bilan ishlab, 3 oyda 736 ming nafar fuqaroning bandligini taʼminladi hamda 54 ming nafar fuqarolarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//