Farg‘onada ko‘mir ishlab chiqarish sexi portlab ketd

Saqlash
20:08 / 19.04.2022 780 0

Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida 18 - aprel kuni ko‘mir ishlab chiqarish syexida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqida viloyat Favqulodda vazyaitlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, soat 12:20 atrofida tumanning Varzak mfy Dasht hududida joylashgan mas’ulyati cheklangan jamiyatning logistika markazi tashkil etish uchun ajratilgan joyda «Koks» ishlab chiqarishga mo‘ljallangan syex hududida chaqnash sodir bo‘lgan. Syexdani sinov tariqasida ishlatish jarayonida chaqnash sodir bo‘lgan, 2 nafar korxona ishchisi va 3 nafar qurilishga kelgan fuqarolar turli darajada kuyish tan jaroxati olib, davolanish uchun tez tibbiy yordam markaziga yotqizilgan.

 

Portlashga sig‘imning uzoq vaqt davomida qizdirilishi, ichida bosimning ortib ketishi va qopqoq bosimni ko‘tara olmay ochilib ketishi sabab bo‘lgan. Oqibatda 5 nafar fuqaroning tan jarohat olishgan deb tahmin qilingan.

 

Aniqlanishicha, hududda xavfli ishlab chiqarish ob’yektni loyixalash, qurish, kengaytirish va foydalanish bilan bog‘lik ishlar uchun tegishli loyixa xujjatlari belgilangan tartibda sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o‘tkazilmagan va tegishli xulosalar olinmagan holatda foydalanishga yo‘l kuyilgan. Mazkur holat yuzasidan tegishli xodimlar tomonidin tergovga qadar tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//