Siyosat
Oʻzbekiston Milliy gvardiyasiga qonunchilik asosida bir qator vakolatlar berilmoqda. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev Telegram kanalida eʼlon qildi.
Qayd etilishicha, Milliy gvardiya organlari Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning quyidagi moddalari boʻyicha huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga haqli ekanligi belgilanmoqda:
Shuningdek, Milliy gvardiya organlarining mansabdor shaxslari kodeksning 61, 183, 184-2, 184-3, 185, 185-1 (Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklardan tashqari) 185-2, 185-3, 186-moddalarida, 187-moddaning ikkinchi qismida, 188-1, 188-3, 189, 189-1, 190, 191, 194-1, 195-1, 196 (Milliy gvardiyaga tegishli qismi boʻyicha) va 210-1- moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni aniqlagan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi va belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuborishi belgilanmoqda. Loyiha deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Sport
Jamiyat
Siyosat
112456
Jamiyat
95123
Jamiyat
91365
Jamiyat
76040
Jamiyat
//
Izoh yo‘q