Jamiyat
Ma’lumki, davlat test markazining abitur.dtm.uz sayti orqali onlayn hujjat topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami -JSHSHIR) kiritish talab etiladi. Shu bois, 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilar o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishlari zarur.
Xalq ta’limi vazirligining xabariga ko‘ra, bitiruvchilarga yanada qo‘laylik yaratish maqsadida attestat.uzedu.uz elektron bazasi DTM abitur.dtm.uz sayti bilan integrasiya qilindi.
Ma’lumot uchun, joriy o‘quv yilida maktablarni 390 mingdan ortiq o‘quvchilar bitiradi. Bugungi kunda bitiruvchilarning elektron ma’lumotlar bazasi attestat.uzedu.uz saytida 16 yoshga to‘lgan 122 mingdan ortiq bitiruvchilar (31%) pasport olmagan.
"Fuqarolardan farzandlarining konstitusiyaviy huquqidan foydalangan holda 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilarining o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishini ta’minlashingizni so‘raymiz. Maktab ma’muriyatidan esa bitiruvchilarning pasport ma’lumotlarini attestat.uzedu.uz saytiga kiritib, ularni kelgusida oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarini topshirishda ko‘maklashishga chaqiramiz", deyiladi xabarda.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111052
Jamiyat
94513
Jamiyat
90456
Jamiyat
74525
Jamiyat
//
Izoh yo‘q