Madaniyat
Kecha, 18-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda “Kitobsiz kelajak yo‘q” shiori ostida filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborovning “Maoniy ahlining sohibqironi” monografiyasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, filologiya fanlari doktori Uzoq Jo‘raqulov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Eshqobil Shukur, filologiya fanlari nomzodi Olimjon Toshboyev va boshqalar so‘zga chiqib, yurtimizda buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodiga bo‘lgan e’tibor bugungi kunda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani, davlatimiz rahbarining “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ana shu maqsadga qaratilgani jihatidan ulkan tarixiy ahamiyatga egaligini e’tirof etdilar.
Tadbirda so‘ngida kitob muallifi, professor Nurboy Jabborov so‘zga chiqib, monografiyaning yozilish jarayonlari, unda ko‘tarilgan masalalar, o‘rganilgan jihatlar haqida gapirib berdi hamda tadbir ishtirokchilari va tashkilotchilariga minnatdorlik bildirdi.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Sport
Jamiyat
Siyosat
112456
Jamiyat
95123
Jamiyat
91365
Jamiyat
76040
Jamiyat
//
Izoh yo‘q