Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Parkentda oʻqituvchi va oʻquvchilar hokimlik telegram-kanallariga obuna boʻlishga majburlanmoqda” deb nomlangan video tarqaldi va muhokamalarga sabab boʻldi.
Ushbu holat yuzasidan Parkent tuman hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.
«Bugungi kunda Parkent tumani hokimligining telegram kanallariga va tuman hokimining feysbuk sahifasiga tuman aholisi, davlat hamda jamoat tashkilotlari xodimlariga aʼzo boʻlish tavsiya qilib kelinmoqda.
Mazkur holatga majburiy tarzda obuna qilinmoqda, degan qarash bilan ijtimoiy tarmoqlarda bong urishni omma eʼtiborini chalgʻitish, deb hisoblaymiz. Ushbu kanallarga tavsiya qilishni salbiy jihatini xolis nazar bilan ifodalab boʻlmaydi.
Kezi kelganda shuni alohida taʼkidlash joizki, mazkur telegram kanallar orqali tuman miqyosidagi eng muhim yangiliklar, eng ishonchli axborotlar, qiziqarli va foydali maʼlumotlar birinchi manba sifatida keng yoritib borilmoqda.
Asosiysi, tuman hayotida roʻy berayotgan muhim voqealar, oʻtkazilishi rejalashtirilgan qabullar, zarur axborotlarni mazkur telegram kanallarida kuzatib borish beminnat va aholiga toʻgʻri, ishonchli yangiliklarni yetkazishda qulay imkoniyat hisoblanadi», deyiladi xabarda.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q