Jamiyat
Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berishicha, Sirdaryo viloyatida Suriyadagi xalqaro terroristik tashkilot safiga qo‘shilishni rejalashtirgan ikki nafar yigit qo‘lga olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha Boshqarmasi va viloyat Ichki ishlar Boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Suriyadagi "Katibatul Tavhid va Jihod" xalqaro terroristik tashkiloti a’zolari tomonidan ochilgan virtual guruhga a’zo bo‘lib, undagi aqidaparastlik materiallarni boshqalarga tarqatib kelgan 7 nafar shaxslar ushlandi.
Guruh Suriyadagi jangarilar rahnamolarining onlayn darslarida ishtirok etib kelgan va ma’lum muddat ichida ulardan 2 nafari 2001-yilda tug‘ilgan M.O. va 2002-yilda tug‘ilgan M.M. radikal g‘oyalar ta’siriga tushib, Suriyaga chiqib ketishga tayyorgarlik ko‘rgan. Uyda o‘tkazilgan tintuv jarayonida qo‘lga olinganlardan jinoyatga aloqador ashyoviy dalillar rasmiylashtirib olindi.
To‘plangan materiallar asosida DXX boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q