Siyosat
Samarqand viloyati hokimining 2022-yil 14-apreldagi qaroriga koʻra, Samarqand shahar hokimining ayrim qarorlari Prezident farmoniga zid. Viloyat hokimining mazkur qarori e-qaror.gov.uz ga joylashtirildi.
Unda qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6243-son farmonining 4-bandiga asosan 2021-yil 1-avgustdan tuman va shahar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni belgilash, eʼtirof etish, oʻzgartirish, bekor qilish vakolatlari bekor qilingan.
Biroq Samarqand shahar hokimligi tomonidan 7 ta qarorlar yuqoridagi farmon talablariga zid ravishda qabul qilingan.
Shahar hokimi tomonidan ushbu qarorlar qabul qilinishiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 71-son qarori asos qilib koʻrsatilgan. Vaholanki mazkur qarorda shahar, tuman hokimligi tomonidan yer maydonini zaxiraga olish haqida qaror qabul qilinishi nazarda tutilmagan.
Yuqoridagilarga asoslanib, Samarqand shahar hokimining 2022-yil 14-15-mart kunlari qabul qilingan 7 ta qarori bekor qilindi.
Samarqand shahar hokimiga 2 kun muddatda yer munosabatlariga oid qarorlarni qabul qilishda qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻyganligi uchun shahar hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, kichik sanoat zonalari va turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.Radjabov, hokimning kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari R.Olimov va bosh yuriskonsult B.Toyirovlarga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo choralarini qoʻllash vazifasi topshirildi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q