Jamiyat
Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabar berishicha, Toyloq tumanida joylashgan maktablarning birida 50 tup terak o‘zboshimchalik bilan kesib tashlangan.
Ma’lum qilinishicha, Toyloq tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 15-umumta’lim maktabi hududidagi 50 tup terak ta’lim dargohining ehtiyojlariga sarflash maqsadida maktab ma’muriyati tomonidan kesilgan.
Mazkur daraxtlarni kesish uchun maktab direktori F.Komilov 2022 - yilning 26 - yanvar kuni maktab hududidagi daraxtlarni maqsadli kesish va o‘rniga yangisini ekish lozimligi to‘g‘risida davlat xizmatlari orqali murojaat qilgan. Ammo murojaatga binoan Ekogoliya boshqarmasi tomonidan 15 fevraldagi javob xatiga asosan, rad etilgani to‘g‘risida xulosa xati berilgan.
"Holat bo‘yicha qo‘shimcha ravishda o‘rganishlar olib borilib, qat’iy choralar ko‘rilishini ma’lum qilamiz", – deyiladi munosabatda.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
109738
Jamiyat
94117
Jamiyat
89907
Jamiyat
73106
Jamiyat
//
Izoh yo‘q