Jamiyat
Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev Koreya-Oʻzbekiston ishbilarmonlari uyushmasi (KUBA) raisi oʻrinbosari Kim Chan Kon bilan uchrashdi.
Unda “Nurafshon-Koreya yangi shahar loyihasi”ni amalga oshirish, yaʼni, shaharni rivojlantirish boʻyicha tuzilma konsepsiyasi va rejalari xususida fikr almashildi.
Loyihada 150 gektar yer maydonida 500 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar kiritish hisobiga Janubiy Koreya tipida shaharcha bunyod etilishi koʻzda tutilgan. Uning roʻyobi 2022-2026-yillarni qamrab olishi belgilanmoqda.
Loyiha doirasida 1200 ta xonadonli koʻp qavatli uy, Yongʻinga qarshi mutaxassislar tayyorlash texnikumi, Koreya xalqaro Universiteti, mehmonxona, savdo markazi, park, maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari quriladi.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Sport
Jamiyat
Siyosat
112456
Jamiyat
95123
Jamiyat
91365
Jamiyat
76040
Jamiyat
//
Izoh yo‘q