Jamiyat
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida bugun, 18 - aprel kuni "Lada-Largus" va "Isuzu" o‘rtasidagi YTH sabab 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqida viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, soat 06:15 da M-39 avtomobil yo‘lining 829-kilometrida haydovchi — 1980 - yilda tug‘ilgan U.I. "Lada-Largus" avtomobilida harakatlanayotib, uxlab qolgan. Oqibatda yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan haydovchi — 1976 - yilda tug‘ilgan U.U. boshqaruvidagi "Isuzu" rusumli yuk avtomobilining orqa tomoniga to‘qnashgan.
Hodisa sabab "Lada-Largus" yo‘lovchilari — 1983 - yilda tug‘ilgan M.O. va 2010 - yilda tug‘ilgan O.J. olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan. Shuningdek, yana bir yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. "Barcha haydovchilardan charchoq holatida transport vositasini boshqarmasliklarini, qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz", deyiladi xabarda.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111052
Jamiyat
94513
Jamiyat
90456
Jamiyat
74525
Jamiyat
//
Izoh yo‘q