Jamiyat
Respublika Transport vazirligi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, "Toshshahartransxizmat" AJ harakat tarkibini yangilash jarayonlari boshlandi.
2022 - yil 2 - fevraldagi "Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ–111-son qarorga asosan, joriy yil yakuniga qadar "Toshshahartransxizmat" AJ harakat tarkibini 390 ta yangi avtobuslar bilan yangilash belgilangan.
Joriy yilning 15 - aprel kuni, "Samarqand avtomobil zavodi" MCHJda ishlab chiqarilgan "SAZ LE-60" rusumli avtobuslarning 10 donasi "Toshshahartransxizmat" AJga tantanali topshirildi.
Keltirilayotgan avtobuslar yo‘lovchi oqimi, shuningdek, aholi talabidan kelib chiqib yo‘nalishlarga biriktiriladi. Shu tariqa harakat tarkibi yangilanib boradi.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111052
Jamiyat
94513
Jamiyat
90456
Jamiyat
74525
Jamiyat
//
Izoh yo‘q