22-sonli Mehribonlik uyida "Buyuk ajdodlarga yuksak ehtirom" mavzusidagi ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir o’tkazildi

Saqlash
15:28 / 10.09.2021 2187 0

   Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi hamda Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda, Chilonzor tumanidagi 22-sonli Mehribonlik uyida “Buyuk ajdodlarga yuksak ehtirom” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

   Prezidentimiz rahbarligida 2021 yil 28 iyul kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 39-sonli Bayoni 14-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirda Mehribonlik uyi tarbiyachi va tarbiyalanuvchilari, shoir va yozuvchilar va san’atkorlar ishtirok etdi. Tadbirni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Madaniyat, san’at va ijodiy  tashkilotlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Hakimjon Shodmonov ochib berdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Zikrilla Ne’mat, Dilshod Rajab, Estrada xonandasi Darxon Kamolov, Moxiraxon Asadova, Jon Romy va Halqaro festivallar g‘olibi xonand Doniyor Gaipovlar tomonidan kuy va qo‘shiqlari bilan ishtirok etdi.

   Markaz hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga kitoblar sovg‘a qilindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//