Jamiyat
Internetda ikki nafar maktab o‘quvchisi o‘rtasida janjal aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2022 - yilning 15 - aprel kuni, taxminan, soat 15:00 da Mirobod tumanida 14 yoshli I.B. 14 yoshli D.N. (jabrlanuvchi)ga qo‘ng‘iroq qilib, muloqot chog‘ida o‘smirlar o‘zaro janjallashib qolgan. I.B. mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida voyaga yetmagan D.N. bilan “Yuksalish” mahallasi hududida uchrashishgan va janjallashib ketgan. Oqibatda D.N.ga tan jarohati yetkazilgan.
Ma’lum qilinishicha, holat bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan va ota-onalar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) asosan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Sport
Jamiyat
Siyosat
112456
Jamiyat
95123
Jamiyat
91365
Jamiyat
76040
Jamiyat
//
Izoh yo‘q