Jamiyat
Yangi Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, haydovchi va mashinaning old o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchiga xavfsizlik kamarini taqish shart qilib belgilanmoqda.
Bunda kasalligi bo‘lgan ayrim fuqarolarga kamarni taqmaslikka ruxsat berilgan.
Ma’lum qilinishicha, 8 turdagi kasallik holati uchun tibbiy ma’lumot talab etmasdan xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi.
Jumladan,
– umrov va to‘sh suyaklarining sinishlari;
– yelka kamari sinishi;
– o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari (IV bosqich);
– bronxial astma (IV bosqich);
– o‘pkaning interstisial zararlanishi, o‘pkaning bir qismi yoki butun qismini (chap yoki o‘ng) olib tashlangan;
– surunkali yurak yetishmovchiligining III bosqichi va dekompensasiya bosqichi hamda homilador ayollar shular jumlasidandir.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari 2022 - yil 1 - maydan amalga kiritiladi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q