Bugun O‘zbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi

Saqlash
14:36 / 18.04.2022 818 0

O‘zgidromet» 18-aprel, dushanba kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi.

 

Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 16-21 daraja bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

 

Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,  ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat  kechasi 14-19 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

 

Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

 

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 18-23 darajagacha pasayadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//