Jamiyat
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili axborot xizmatining xabariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi maktab o‘qituvchisi B.Sh. o‘zi faoliyat yuritadigan maktab direktori o‘rinbosarining xati-harakatidan norozi bo‘lib murojaat qilgani haqidagi xabarni ma’lum qildi.
Murojaatchining yozishicha, maktab direktorining tarbiyaviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari o‘quvchilar oldida o‘qituvchilarga qo‘pol munosabatda bo‘lib keladi, xattoki o‘qituvchilarga qo‘l ko‘targan holatlar ham uchragan. Mazkur holat yuzasidan tegishli tashkilotga qilingan murojaatlar biror bir natija bermagach, fuqaro B.Sh. Ombudsmanga murojaat qilgan.
Ushbu murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, o‘rganilishi natijasida direktor o‘rinbosari G.Sh.ning murojaatchi B.Sh.ga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lib kelganligi, odob-ahloq qoidalariga to‘liq amal qilmaganligi aniqlandi. Mazkur holat bo‘yicha direktor o‘rinbosari G.Sh.ga nisbatan tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudirining buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 181-moddasi 1-bandiga asosan “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi, deyiladi xabarda.
Siyosat
Jahon
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
109905
Jamiyat
94220
Jamiyat
90058
Jamiyat
73278
Jamiyat
//
Izoh yo‘q