Gidrometeorologiya xizmati markazi 18-20 aprel kunlari O‘zbekiston bo‘ylab kuchli yomg‘ir va shamol bo‘lishidan ogohlantirmoqda

Saqlash
20:27 / 15.04.2022 751 0

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazidan ma’lum qilinishicha, joriy yilning 18-20 - aprel kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Erondan nam havo, so‘ngra Volgabo‘yi hududidan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi.

 

18-20 - aprelda O‘zbekiston hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, jumladan:

 

19 - aprelda Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;

19-20 - aprelda Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;

20 - aprelda Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;

19-20 - aprelda respublikaning ayrim joylarida do‘l yog‘ishi mumkin.

18-20 - aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. 18 aprelda ba’zi joylarda chang-to‘zon bo‘lishi kuzatiladi.

19-20 - aprelda kunduzgi havo harorati 18-23 daraja iliqgacha pasayadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//