Vaqt juda kam qoldi — Prezident dehqon va fermerlarni eng koʻp qiynaydigan masalalarga toʻxtaldi

Saqlash
20:14 / 15.04.2022 764 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi boshlanadi. Unda dunyoda sodir boʻlayotgan voqealar sabab jahon bozoridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻtgan asrning 80 yillaridagidan ham yuqori darajalarda oʻsayotgani taʼkidlandi.

 

“Vaqt juda kam qoldi, dehqonchilikda bahorning har bir kuni, har bir soati muhim”, dedi davlat rahbari yigʻilishda dehqon va fermerlarimizni eng koʻp qiynaydigan masalalarni sanab oʻtdi:

 

- hosildor va ishonchli urugʻ va koʻchat navlarining kamligi,

- peshona teri evaziga yetishtirilgan mahsulot kafolatli xarid qilinmasligi.

 


Shu sababli, hosildor urugʻ va koʻchat navlarini joylarga yetkazish va mahsulotni sotib olishga Qishloq xoʻjaligi jamgʻarmasidan Bogʻdorchilik agentligiga qoʻshimcha 300 milliard soʻm ajratiladi.



Shuningdek, yangi suv omborlari atrofidagi 100 ming gektardan ortiq yerlarga tadbirkorlarni jalb etib, infratuzilma yaratishga yordam berib, mos keladigan ekinlar ekishni tashkil qilish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.



Viloyat hokimlariga bir oy muddatda:



- oʻz hududidagi suv omborlari atrofidagi yangi yerlarning xaritasini tuzish;

- yerlarni konturlarga ajratib, ularga irrigatsiya tarmogʻini loyihalash;

- ushbu maydonlarda oziq-ovqat va ozuqa ekinlarini ekishga tayyor investorlarni jalb qilish boʻyicha loyiha toʻplamlarini tayyorlash topshirildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//