Madaniyat
Buxorodagi Sitorai Mohi Xossa saroyini restavratsiya qilish ishlari notoʻgʻri olib borilgani tufayli saroyning bir qator qismi tarixiy va badiiy ahamiyatini butkul yoʻqotgan. Bu haqida Madaniy meros agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi hamda Madaniy meros agentligi tomonidan Sitorai Mohi Xossa tarixiy majmuasidagi restavratsiya ishlari holati oʻrganilgan.
«Oʻrganish davomida taʼmirlash ishlari madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish talablariga zid ravishda olib borilgani aniqlandi.
Xususan, taʼmirlash-restavratsiya loyihalari maxsus Ilmiy-ekspert kengashi bilan kelishilmagan, tegishli ruxsatnomalar olinmagan va yana bir qator talablar qoʻpol ravishda buzilgan. Majmuada restavratsiya ishlari notoʻgʻri olib borilgani tufayli saroyning bir qator qismi tarixiy va badiiy ahamiyatini butkul yoʻqotgan», deyiladi xabarda.
Maʼlum qilinishicha, Agentlik tomonidan oʻrganish ishlari yakunlari huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga taqdim etilgan. Ayni vaqtda Bosh prokuratura tomonidan mazkur holatlar boʻyicha mutasaddi mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ularning harakatlariga huquqiy baho berilmoqda.
Maʼlumot uchun: Sitorai Mohi Xossa Buxoro amirlarining yozgi saroyi hisoblanib, asosiy binolar amir Mir Sayyid Olimxon (1911-1920-yillar) hukmronligi davrida qurilgan. Hozirda muzey sifatida faoliyat yuritayotgan majmuaga yiliga 158 ming (shundan 63 ming nafari xorijiy) sayyoh tashrif buyuradi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q