“Vaqf” fondi Ramazon oyining ikkinchi haftasida 1 milliarddan ortiq mablagʻni xayriyaga sarfladi

Saqlash
15:46 / 15.04.2022 830 0

“Vaqf” xayriya jamoat fondi Ramazon oyining ikkinchi haftasida 1 mlrd. soʻmdan ortiq mablagʻni xayriya ishlariga sarfladi. Bu haqida AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Vaqf” xayriya jamoat fondi axborot xizmati rahbari Saidabror Umarov maʼlum qildi.

 

Fond tomonidan “Ramazon tuhfasi” loyihasi doirasida:

 

respublikamiz boʻylab toʻrt mingga yaqin xonadonlarga 707 890 000 soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari;

 

moddiy koʻmakka muhtoj 295 nafar shaxslarga 293 650 000 soʻmlik pul mablagʻlari;

 

Fargʻona viloyatida qurilish taʼmirlash ishlari olib borilayotgan 2 ta masjid uchun 20 000 000 soʻm;

 

jami — 1 021 540 000 soʻm miqdoridagi xayriyalar amalga oshirildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//