Ilm-fan
“El-yurt umidi” jamg‘armasi davlatimizning innovasion salohiyatini yanada rivojlantirishni maqsad qilgan, kreativ fikrlaydigan yoshlar, iste’dodli professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va ilmiy tadqiqotchilar, pedagoglar va iqtisodiyot tarmoqlari mutaxassislari uchun xorijning nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 2022 - yilgi 2-stipendiya tanlovini e’lon qildi.
Xususan, “Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 - yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi”da “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali erkin va ijodiy fikrlaydigan yoshlarni nufuzli xorijiy oliygohlarga o‘qishga yuborish ko‘lamini 2 baravarga oshirish vazifasi belgilangan.
Shu bois, “El-yurt umidi” jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi uchun eng ustuvor sohalar, jumladan:
– kosmik texnologiyalar, nanotexnologiyalar, IT va raqamlashtirish, sun’iy intellekt sohalari;
– atom va quyosh energetikasi hamda energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanishning boshqa innovasion yo‘nalishlari;
– sog‘liqni saqlash, farmasevtika, telemedisina, virusologiya, mikrobiologiya, immunologiya sohalari;
– elektroenergetika, neft-gaz, neft-kimyo, kimyo, metallurgiya sohasining ustuvor tarmoqlari;
– mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, to‘qimachilik va mahsulotlarni standartlashtirish yo‘nalishlari; tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, bog‘dorchilik, chorvachilik, parrandachilik kabi agrar sohaning muhim tarmoqlari va boshqa mutaxassisliklar uchun 306 o‘ringa mo‘ljallangan ochiq stipendiya tanlovlarini e’lon qiladi!
“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2022-2023 - o‘quv yili uchun eng nufuzli xorijiy davlatlarda:
* bakalavriat ta’lim dasturi uchun 51 o‘rin,
* magistratura ta’lim dasturi uchun 145 o‘rin,
* doktorantura ta’lim dasturi uchun 110 o‘rin stipendiyalar ajratishini ma’lum qiladi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 - yil 7 - martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoniga asosan xotin-qizlarni xorijiy oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim dasturlari bo‘yicha 50 o‘rin, magistratura ta’lim dasturlari bo‘yicha 10 o‘rin jami 60 ta qo‘shimcha o‘rinlar ajratiladi.
Barcha ta’lim dasturlari bo‘yicha nogironligi bo‘lgan yoshlarga alohida e’tibor qaratiladi.
Xabarga ko‘ra, nomzodlarning hujjatlari 2022 - yil 15 - apreldan – 15 mayga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q