Oʻzbekistonda yerni oʻzboshimchalik bilan egallab olish haqida xabar berganlar ragʻbatlantiriladi

Saqlash
15:00 / 15.04.2022 890 0

Hukumat qarori bilan Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga muvofiq, yer nazorati hokimliklar tomonidan, Kadastr agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi tomonidan oʻtkaziladi.

 

Kadastr nazoratini esa Kadastr agentligi olib boradi.

 

Yer nazorati quyidagi asoslarga koʻra 10 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda oʻtkaziladi:

 

yer monitoringida qonunchilik buzilishi kuzatilganda;

 

elektron tizim orqali va aerokosmik suratlarni solishtirishda qonun buzilishi qayd etilganda;

 

yer qonunchiligi buzilishiga oid murojaatlarga koʻra;

 

OAV yoki ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar asosida;

 

sud va boshqa organlarga yerga oid huquqbuzarlik haqida axborot kelib tushganida.

 

Kadastr nazorati kadastrni yuritishga masʼul organlar tomonidan Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun axborot berish, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kadastrga oid qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilishdan iborat.

 

Yerni oʻzboshimchalik bilan egallab olish haqida xabar berganlar BHMning 10 foizi (27 ming soʻm) miqdorida ragʻbatlantiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//