Jamiyat
Oʻzbekiston davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiqlik indeksi eʼlon qilindi. Unga koʻra, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Davlat test markazi va Samarqand viloyati hokimligi oldingi oʻrinni egallagan.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlashni muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish boʻyicha jamoatchilik kengashi 2021-yil uchun ochiqlik indeksini eʼlon qildi.
Reytingda 2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, vazirliklar boʻyicha Adliya vazirligi eng yuqori ball bilan (89,22) birinchi oʻrinni egallagan. Ikkinchi oʻrinda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (87,44 ball), uchinchi oʻrinda Innovatsion rivojlanish vazirligi (84,16 ball) qayd etilgan.
Qoʻmitalar reytingida Davlat soliq qoʻmitasi birinchi (89,49 ball), Davlat statistika qoʻmitasi ikkinchi (88,90 ball), Davlat bojxona qoʻmitasi uchinchi (84,61 ball) oʻrinni egallagan.
Ochiqlik indeksining agentliklar boʻyicha oʻtkazilgan monitoringida Yoshlar ishlari agentligi birinchi (88,07 ball), «Oʻzarxiv» agentligi ikkinchi (77,74 ball), Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi uchinchi (76,89 ball) oʻrinni olgan.
Markazlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi birinchi (83,32 ball), Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi ikkinchi (81,07 ball), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi uchinchi (78,16 ball) oʻrinda keltirilgan.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari orasida Samarqand viloyati birinchi (83,83 ball) oʻrinni olgan. Ikkinchi boʻlib Namangan viloyati (79,32 ball), uchinchi oʻrinda Xorazm viloyati (72,38 ball) qayd etilgan.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q