Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi islohotlar natijadorligi hamda sohada 2022-yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.
Yigʻilishda Prezident yechimini kutib turgan yana bir nechta muammoni sanab oʻtdi.
Xususan, “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” dasturi doirasida vazirlik va tarmoqlarning 11 ta loyihasi kechikmoqda.
Jumladan, Transport va Moliya vazirliklarida – 3 tadan, Investitsiya, Sogʻliqni saqlash vazirliklari, Kadastr agentligi, Milliy bank, “Oʻzagrosugʻurta”da – 1 tadan.
Shuningdek, Prezident ayrim vazirlik va idoralar eski, ishonchsiz va oʻzaro integratsiya qilinmagan axborot tizimlaridan foydalanib kelayotganini taʼkidlab oʻtdi.
Bundan tashqari, hududlarda IT sohasini rivojlantirish boʻyicha ishlar bir maromda emas. IT xizmatlarining 90 foizi Toshkent shahriga toʻgʻri keladi. Eng ogʻir holatlar esa Qoraqalpogʻiston, Andijon va Surxondaryoda. Shu bilan birga, 46 ta hududiy loyiha ijrosi kechikyotgani aytildi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q