Madaniyat
Hurmatli elimizning suyukli va ardoqli hofizi Sherali JOʻRAYEV!
Umrning kamolot fasli ostonasi – 75 yoshingiz muborak! Ayni shu kunda yarim asrdan ham koʻproq muddat davomida xalqimiz milliy oʻzligini teran anglashi, ezgu tuygʻulardan maʼnaviy olami boyib borishi, oʻzbek milliy qoʻshiqchilik sanʼatining yangi yuksak minbarlarga koʻtarilishi yoʻlida qilgan mehnatu xizmatlaringizga munosib mukofot – hurmatli Yurtboshimiz tomonidan “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlanganingiz qutlugʻ boʻlsin!
Iftixor bilan aytamizki, siz betakror ovoz, noyob iqtidor, inja mahorat, qaynoq muhabbat bilan ijro etgan qoʻshiqlaringizning har biri, xuddi shuningdek, sanʼatga sadoqat va fidoyiligingiz yosh izdoshlaringiz uchun har jihatdan mahorat maktabi boʻladi. Mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning yorqin yulduzlari qalamiga mansub sheʼrlardan saralab-saralab ijro etgan qoʻshiqlaringizda “Boshda doʻppisi bilan gʻoz yurgan” mardu maydonlar qalbidagi yurtparvarlik, xalqsevarlik, goʻzal tuygʻularga oshuftalik yaraqlab jaranglaydi.
Siz turli tantanalar, toʻyu tomoshalar, maʼnaviy tadbirlarda ming-minglab qalblarga surur, quvonch bagʻishlagan kabi, bugun – umringizning yangi salobatli bekatida biz – sanʼatsevar muxlislaringiz eng chiroyli, ezgu, xayrli tilaklardan guldastalar tutamiz. Sogʻu salomatlikda, oilangiz va farzandlaringiz kamolotidan bagʻringiz toʻlib yurishingizni, yana yangi – badiiy va maqsadi yuksak boʻlgan qoʻshiqlaringiz koʻpayishini tilaymiz.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q