Jamiyat
Prokurotura departamentining xabariga ko‘ra, Jizzax viloyatida o‘qituvchilarni attestasiya test sinovidan o‘tkazib qo‘yishni va’da qilgan markaz uslubchisi ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bo‘lim uslubchisi B.I. umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari O.T. va Sh.Q.ni malaka toifasi olish uchun o‘tkazilayotgan attestasiya test sinovlaridan tanishlari yordamida o‘tkazib berish evaziga 1 200 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q