"Uzbekistan Airways"ning 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat ulushi savdoga chiqariladi

Saqlash
21:36 / 14.04.2022 762 0

Prezidentning “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

 

Unda xususiylashtirishni tezlashtirish, investisiya muhitini yaxshilash va davlat aktivlarini sotib olishni istagan investorlar uchun qo‘shimcha qulayliklar ko‘zda tutilgan.

 

Unga ko‘ra, Prezident farmoni bilan yil oxirigacha UzAirways va UzAuto Motorsning IPOsi o‘tkaziladi. Bir qator boshqa davlat korxonalari xususiylashtirish boshlanishidan oldin transformasiyadan o‘tishi kerak.

 

Xususan,

– 2022 - yil 1 - mayga qadar tajribali investisiya bankini jalb etib, 2022 - yil yakuniga qadar “O‘zbekneftgaz” AJning, shu jumladan, aksiyalarini ommaviy joylashtirish (IPO) orqali kamida 49 foiz ulushini, shuningdek, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJdagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat ulushini xususiylashtirish ishlari boshlanadi;

 

– 2022 - yil 1 - sentyabrga qadar xalqaro konsalting kompaniyasi xulosalari asosida “O‘zbekgidroyenergo” AJni isloh qilish strategiyasi tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

 

Bunda, yangi kichik va o‘rta gidroyelektrostansiyalarni qurishda xususiy sektor ishtirokidagi, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosidagi loyihalarni amalga oshirishga ustuvorlik beriladi.

 

Joriy yilning 1 - sentyabrga qadar "Uzbekistan Airways" AJ ustav kapitalidagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat ulushining savdoga chiqarilishini, shu jumladan, aksiyalarini ommaviy joylashtirish (IPO) ishlari boshlanadi.

 

Shuningdek, 2022 yil 1 avgustiga qadar xalqaro investisiya banki va konsultantlarni jalb etgan holda, “UzAuto Motors” AJ aksiyalar paketining 10 foizgacha qismini mahalliy fond bozorida ommaviy joylashtirsin (IPO) va bu korxonaning qolgan ulushini hamda “UzAuto Motors Powertrain” AJ, “Samarqand Avtomobil zavodi” MCHJni strategik investorlarga sotish strategiyasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//