Shavkat Mirziyoev Vengriya bosh vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi

Saqlash
21:32 / 14.04.2022 732 0

Shavkat Mirziyoev 14-  aprel kuni Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ta'kidlanishicha, suhbat avvalida O‘zbekiston etakchisi Vengriya hukumati rahbarini FIDES — xristian-demokratik xalq partiyasi koalitsiyasi ushbu mamlakat parlamentiga saylovda g‘alaba qozongani bilan tabriklagan.

 

Shuningdek, tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi bilan bir-birini qutlagan. Strategik shyeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari, Vengriya bosh vazirining 2021 yil mart oyidagi O‘zbekistonga tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi batafsil muhokama qilingan.

 

Farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, oziq-ovqat sanoati, qurilish matyeriallari ishlab chiqarish tarmoqlarida koopyeratsiya loyihalarini amalga oshirish, bank-moliya sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.

 

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilgan. Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ko‘rib chiqilgan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//