Madaniyat
Madaniy meros agentligi direktori birinchi oʻrinbosari va Toshkent viloyati madaniy meros boshqarmasi boshligʻining Eron Islom Respublikasidagi xizmat safari davomida Mirzo Ulugʻbek va Alisher Navoiy bitiklari aniqlandi. Bu haqida Turizm va madaniy meros vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Eronning shimoli-gʻarbida Temuriylar davrining koʻplab madaniy meros obidalari mavjud. Amir Temur Eronga tashrifi davomida Mashhad provinsiyasidagi Toyinobod shahrida shayx Abu Bakr Zayn-ul Obiddin Toyyibiniy bilan uchrashgan va u bilan doʻstlashib qolgan. Uzoq yillar davomida u bilan (maktub) yozishib turgan. Ushbu doʻstlik hurmati Amir Temurning oʻgʻli Shohrux Mirzo Toyinobod shahrida ajoyib masjid qurdiradi. Masjid bugungi kunga qadar saqlanib qolgan va koʻplab allomalarimizning doʻstona munosabatlarini oʻzida muhrlagan. Masjidning devorida yuqori martabali mehmonlar uchun hurmat devori boʻlib, ularda mehmonlar oʻz tilaklari yoki bitiklarini yozib qoldirishgan. Ularni koʻzdan kechirayotib, ajoyib yangilik – Mirzo Ulugʻbek va Alisher Navoiy bitiklarini kashf etdik”, deydi agentlik direktori birinchi oʻrinbosari Tursunali Qoʻziyev
Maʼlum qilinishicha, ayni damda bitiklarni ilmiy jihatdan oʻrganishga doir ishlar olib borilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q