Jamiyat
“O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati rahbari Navro‘z Norboboyevning ma’lum qilishicha, 2022 - yilning yanvar-mart oylarida o‘tkazilgan tadbirlarda tadbirkorlik sub’yektlari, energotizim korxonalari, davlat tashkilotlarida jami 221 ta noqonuniy holat aniqlandi. Natijada energota’minot korxonalari jami 40,3 mlrd.so‘m yetkazilgan zararni qayta hisob-kitob qildi.
Aniqlanishicha, 277 ta iste’molchi 12,8 mln.kVt.soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. Buning natijasida, tizimga 5,7 mlrd.so‘m zarar yetkazilgan.
Noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi – Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, va Toshkent viloyatlarida aniqlandi.
Shuningdek, joriy yilning birinchi choragi davomida elektr tarmoqlarining muhofaza zonalariga noqonuniy ravishda qurilgan ob’yektlarning 10 263 tasi xatlovdan o‘tkazildi. Ularning 7206 tasi bo‘yicha tuzilgan dalolatnomalar mahalliy xokimliklar, ijroiya sudlariga taqdim etilgan. Elektr energetika tizimi korxonalarida sodir bo‘lgan jami 5 ta baxtsiz hodisalar maxsus tekshirilib, hujjatlar tegishli idoralar taqdim etildi, dedi N. Norboboyev.
Ma’lum qilinishicha, energetika tizimi korxonalarida ishlarni xavfsiz tashkil etish, baxtsiz xodisalarning oldini olish maqsadida inspeksiyaning hududiy bo‘limlari mutaxassislari tomonidan aniqlangan tizimdagi 109 ta korxonalarda xavfsizlik texnikasi qoidalarini buzganlik uchun 18 ta brigadalar ishi to‘xtatildi.
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q