Jamiyat
Toshkent davlat yuridik universiteti binosida oʻzboshimchalik bilan devorlarni teshish, turli taxtachalar oʻrnatish kabi ishlar qilingani aniqlandi. Bu haqida Bosh prokuratura xabar qildi.
Qayd etilishicha, prokuratura idoralari tomonidan mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda madaniy merosni muhofaza qilish, ulardan foydalanishda qonun talablariga rioya etilishi yuzasidan doimiy oʻrganishlar oʻtkazib borilgan. Jumladan, Toshkentning Sayilgoh koʻchasida joylashgan, XIX asrga oid arxitektura yodgorligi boʻlgan (sobiq Erkaklar va ayollar gimnaziyasi) Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan foydalanib kelinayotgan binolar mutaxassislar tomonidan oʻrganilgan. Natijada tegishli ruxsatnoma olinmasdan bino devorlari teshilib, qayd etish taxtachalari oʻrnatilgani va atroflari boʻyalgani, sovitkich (konditsioner) dvigatellari hamda soyabonlar oʻrnatilgani aniqlangan.
Oliygoh rahbariyati tomonidan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatma bajarilmagani sababli maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga taqdim qilingan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudining qarori bilan oliygohning masʼul rahbari maʼmuriy javobgarlikka tortilib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida jarima qoʻllanilgan.
Hozirda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q