Jahongir Ortiqxoʻjayev masʼullarga 10 kun muddatda Toshkentdagi asosiy yoʻllarni taʼmirlash topshirigʻini berdi

Saqlash
14:25 / 14.04.2022 749 0

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev masʼullarga 10 kun muddatda shahardagi barcha asosiy yoʻllardagi taʼmirlash boʻyicha topshiriq berdi.

 

Qayd etilishicha, tinimsiz yomgʻir yogʻishi oqibatida Toshkentdagi asfalt yoʻllar taʼmirtalab ahvolga kelgan. Hokim 10 kun muddatda tuman hokimlariga butun shahardagi xususiy va davlat texnikalarini jalb qilishni buyurgan.

 

“Tushunaman, ish ogʻir, shahrimiz katta, kichik emas. Lekin masʼuliyatni olishingiz kerak, zarur boʻlsa, kechqurun ishlaysizlar. YPX xodimlari ham taʼmirlash ishlari olib boriladigan hududlarni qattiq nazoratga olib, harakatni qulaylashtirib berishga masʼul boʻladi. Agar 10 kundan oʻtib ketsa. kechirilmaydi. Prokuror hamma ishni nazorat qilib, mablagʻlarning toʻgʻri sarflanishi va yoʻllar sifatini tekshiradi. Birorta chuqurlik qolmasligi kerak. Sifatsiz yoʻlni qabul qilmaymiz”, degan Ortiqxoʻjayev.

 

Shuningdek, shahar hokimi masʼullarga ishchilar ertalablari dam olib, kechasi mashina yoʻq payti ishlashi kerakligini aytgan.

 

“Taʼmirlanayotgan koʻchalarda tirbandlik yuzaga kelmasligi uchun har kuni yoʻllar tozalanadi. Harakat yuqori vaqtida koʻchaning yarmini toʻsib, odamlarni sarson qilib, asabini buzib yurmanglar. Fuqarolarimizdan shikoyat tushsa, kerakli chora koʻriladi. Xato qilishga haqqinglar yoʻq”, deydi Toshkent shahar hokimi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//