Jamiyat
Hukumat qarori bilan “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritildi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportni ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha uzaytirildi:
– 2010 - yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023 - yil 31 - martgacha;
– 2010 – 2012 - yillarda berilganlari – 2023 - yil 30 - iyungacha;
– 2013 – 2015 - yillarda berilganlari – 2023 - yil 30 - sentyabrgacha;
– 2015 - yildan keyin berilganlari – 2023 - yil 31 - dekabrgacha.
Xabarga ko‘ra, yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q