Jamiyat
Hukumat qarori bilan yo‘l harakati qoidalari tasdiqlangani xabar qilingandi. Qayd etilishicha, 1 - maydan kuchga kirishi rejalashtirilgan yo‘l harakati qoidalarida old o‘rindiqdagi yo‘lovchilar xavfsizlik kamarini taqishlari shart bo‘ladi. Qo‘shimcha qilinishicha, hujjatning 9-bandida konstruksiyasida xavfsizlik kamarlari nazarda tutilgan transport vositasini boshqarayotgan haydovchi va uning old o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar harakatni boshlashdan oldin xavfsizlik kamarlarini taqishi kerak.
Shu bilan birga, Ichki ishlar vazirligiga 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maxsus bolalar o‘rindig‘ida, 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lganlarni maxsus ushlab turuvchi moslamali xavfsizlik kamarini taqqan holdan tashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirilgan.
Avvalroq hukumat qarori bilan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgani haqida xabar berilgandi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
112146
Jamiyat
94831
Jamiyat
90885
Jamiyat
75677
Jamiyat
//
Izoh yo‘q