YPX xodimi endi hujjatlarni tekshirishda aniqlangan barcha huquqbuzarlik boʻyicha chora koʻradi

Saqlash
19:45 / 13.04.2022 727 0

Hukumat qarori bilan Yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, endilikda YPX xodimi transportni hujjatlarni tekshirish uchun toʻxtatganda, tekshirish jarayonida aniqlangan barcha huquqbuzarliklar boʻyicha chora koʻradi. Ilgari faqat hujjatlarni tekshirish jarayonida aniqlangan qoidalar buzilishi boʻyicha chora koʻrilgan.

 

Haydovchi YPX xodimining dislokatsiyasi koʻchirmasi bilan oʻsha joyning oʻzida tanishishi mumkinligiga oid norma chiqarib tashlandi. Bunda dislokatsiya bilan tanishish uchun saf boʻlimiga murojaat etish orqali yozma maʼlumot olishni talab qilish mumkin.

 

Shuningdek, nizomga haydovchilarning alkogolli ichimliklar taʼsiridan mast holatda ekanligini aniqlash tartibi kiritildi. Mastlik holati alkotester yordamida hodisa joyida aniqlanishi mumkin. Tekshiruv kamida 2 ta xolis ishtirokida amalga oshiriladi (kuzatuv kamerasidan (body camera) foydalanilgan hollar mustasno)

 

Tekshiruvda etanol bugʻ 0,135 milligramm va undan koʻp boʻlganida haydovchiga nisbatan bayonnoma rasmiylashtiriladi. Transportlarning tusi oʻzgartirilgan (tonirovka) oynalari meʼyorlariga javob berishiga aniqlik kiritish uchun taumetr moslamasidan foydalaniladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//