Jamiyat
“Haj-2022” mavsumi uchun yosh chegarasi belgilandi. Bu haqida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, Saudiya Arabistoni podshohligi Haj va umra vazirligi “Haj-2022” mavsumi boʻyicha yakuniy qaror qabul qilgan. Unga koʻra, pandemiya hamon davom etayotganini hisobga olib, haj tadbiriga chet ellik va mahalliy hojilarga jami 1 million kishi uchun haj ibodatini amalga oshirishga ruxsat berilgan.
Shuningdek, “Haj-2022” mavsumda ishtirok etishi mumkin boʻlgan yosh chegarasi 65 yoshgacha etib belgilangan.
Shuningdek, barcha hojilar SAP Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan roʻyxatdan oʻtgan va Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotida tasdiqlangan Pfizer/BioNTech (AQSH-Xitoy), Oxford-AstraZeneca (Buyuk Britaniya-Shvetsiya), Moderna (AQSH) va Johnson & Johnson (AQSH) vaksinalarining 2 dozasini qabul qilgan boʻlishi zarur.
Xorijiy hojilar SAPga kirishdan 72 soat oldin koronavirus diagnostikasi haqida salbiy natijali PZR-test maʼlumotnomasini taqdim etishi lozim.
“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalari boʻyicha Jamoatchilik Kengashi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Jidda shahridagi Bosh konsulligi “Haj” va “Umra” masalalari boʻyicha attashesi bilan hamkorlikda muvofiqlashtirilmoqda», deyiladi xabarda
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
109840
Jamiyat
94201
Jamiyat
90025
Jamiyat
73214
Jamiyat
//
Izoh yo‘q