Jamiyat
Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, Chust tumani hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi F.A. pora olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Aniqlanishicha, hokim yordamchisi “R.N.” fermer xo‘jaligi rahbari R.A. va boshqalar xo‘jalikning “Kaklikqo‘rg‘on” MFY hududidagi 5,3 gektar yer maydonini 15 000 AQSH dollari evaziga fuqaro N.ga bog‘dorchilik tashkil etish uchun ajratib berishni va’da qilib, oldindan 1 500 AQSH dollari va 5,6 mln so‘mni fuqarolar I.I. va K.R. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Sport
Jamiyat
Siyosat
112456
Jamiyat
95123
Jamiyat
91365
Jamiyat
76041
Jamiyat
//
Izoh yo‘q