Yangi Yo‘l harakati qoidalari tasdiqlandi

Saqlash
15:04 / 13.04.2022 934 0

Yo‘l harakati qoidalarining yangi shakliga ko‘ra, aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofidagi yo‘llarda 300 metrgacha bo‘lgan masofada 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruхsat etiladi.

 

Bunda O‘zbekistоn Prezidentining 2022 yil 4 apreldagi PQ-190-son qarori bilan tashkil etilgan Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi respublika komissiyasining qarori asosida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi yo‘l harakati qatnovi yuqori bo‘lgan va aholi gavjum hududlarda transport vositalari harakatlanishining yuqori tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilanishi mumkin.

 

Shuningdek, yengil avtomobillarda yuk tashishga ularning tom qismiga o‘rnatilgan yukxonadagi yukning balandligi 1 metrdan (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni tashish bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmagan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.

 

Shu bilan birga, sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda velosiped yo‘lkasi bo‘lmagan holda yo‘lning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar nur qaytargichli kamzulda yoki nur qaytaruvchi elementlar bo‘lgan ustki kiyimda bo‘lishi shart.

 

Ma’lum qilinishicha, yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari 2022 yil 1 maydan boshlab amalga kiritiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//