Jamiyat
Samarqand tumanida uch nafar fuqaroning qimmatbaho qabrtoshni oʻgʻirlab ketgani aniqlandi. Bu haqida Tergov departamenti axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, 29 yoshli M.R. Samarqand tumani IIBga Samarqand tumanidagi “Talibarzu” qabristoni hududida joylashgan qabr toshlarini ishlab chiqarish sexidan narxi 1.000 AQSH dollari boʻlgan tosh oʻgʻirlab ketilgani haqida ariza beradi.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida, mazkur qabih oʻgʻirlikni Samarqand tumanida yashovchi 27 yoshli N.S., 20 yoshli I.Sh. va 18 yoshli A.Z.lar sodir etganliklari aniqlangan. Ulardan «granit gabro» nomli tosh ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 2-qismi «v» bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Sport
Jamiyat
Siyosat
112456
Jamiyat
95123
Jamiyat
91365
Jamiyat
76041
Jamiyat
//
Izoh yo‘q