Jamiyat
Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik kiritildi.
Unga koʻra, mazkur harakatlar maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa, 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Shuningdek, yirik bitimlar tuzishda, moliya-kredit xizmatlarini koʻrsatishda, xalqaro yoʻlovchi tashish va davlat xizmatlarini koʻrsatishda ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlik borligini tekshirmaslik ham maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladi.
Qonun bilan ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi belgilandi. Unga koʻra, soddalashtirilgan tartibda undiruv qarzdorning mol-mulkiga (pul mustasno) qaratilmaydi va qarzdorga javobgarlik choralari qoʻllanilmadi.
Soddalashtirilgan tartibda undiruv bankdagi pulga, MHTEKMdan (822 ming soʻmdan) koʻp boʻlmagan summani undirish uchun esa ish haqiga, stipendiya, pensiya va boshqa daromadlarga qaratiladi.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Sport
Jamiyat
Siyosat
112456
Jamiyat
95123
Jamiyat
91365
Jamiyat
76041
Jamiyat
//
Izoh yo‘q