Jamiyat
Toshkentdan Andijonga harakatlanayotgan tezyurar poyezdga nomaʼlum shaxs tomonidan otilgan tosh vagon oynasini yorib oʻtib, 9 yoshli bolaning boshiga kelib urildi.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, voqea 10-aprel kuni soat 22:25 da Oltiariq–Margʻilon uchastkasining 244-kilometrida yuz bergan.
Toshkent–Andijon yoʻnalishida harakatlanayotgan 62-sonli yoʻlovchi poyezdiga nomaʼlum shaxs tomonidan otilgan tosh 6-vagon oynasini yorib oʻtib, 9 yoshli yoʻlovchining boshiga urilgan. Zarba bola qoshining ustki qismiga tegishi oqibatida qon ketishiga sabab boʻlgan. Soat 22:32 da “Margʻilon” temir yoʻl vokzali feldsheri tomonidan jabrlangan yoʻlovchiga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112183
Jamiyat
94866
Jamiyat
90942
Jamiyat
75723
Jamiyat
//
Izoh yo‘q