“Ayollar daftari”dagi xotin-qizlarga ijara to‘lovining bir qismi qoplab beriladi

Saqlash
15:58 / 12.04.2022 827 0

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga binoan, mahalladagi fuqarolar yig‘inlari raislari va xotin-qizlari faollari tomonidan turar joy uchun ijara kompensasiyasini to‘lab berish bo‘yicha talabnomalar shakllantiriladi.

 

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga turar joy ijara kompensasiyasi mazkur talabnomalar hamda sektorlar rahbarlari va tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘ining xulosasi asosida belgilangan tartibda to‘lab beriladi.

 

Bunda:

 

Turar joy ijarasi to‘g‘risidagi shartnoma uch tomonlama-ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi o‘rtasida tegishli yilning so‘nggi kunigacha bo‘lgan muddatga tuziladi;

 

Turar joy ijarasi uchun to‘lovlarning 50 foizi, lekin ko‘pi bilan 500 ming so‘magacha bo‘lgan bo‘lgan qismi  “Ayollar daftari” jamg‘armasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetlari mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

 

Turar joy ijarasi uchun to‘lovlar ijaraga beruvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//