Jamiyat
Namanganda ichki ishlar xodimlari ogʻiz ochiladigan payt uyga kech qolgan haydovchi va yoʻlovchilarga iftorlik ulashdi. Bu haqida “Daryo” xabar berdi.
Moʻjazgina iftorlik qutisi kulcha, xurmo va mineral suvdan iborat.
Viloyat IIB YHHB axborot xizmati xodimi Nazira Olimjonovaning maʼlum qilishicha, ushbu tadbir bir marotabalik emas va yana davom etadi.
Chunki ichki ishlar xodimlar kasb taqozosiga koʻra iftorlik payti ham mehnat faoliyatini davom ettirayotgan yoki turli sabablarga koʻra ushlanib qolgan yurtdoshlarimizga koʻp duch kelishadi.
“Umuman olganda, iftorlik ulashish Namangan viloyati ichki ishlar xodimlarining ilk bor shunday xayrli tashabbusga qoʻl urishi emas. Eslasangiz, oldinroq ular Qamchiq dovonida uzoq yoʻldan charchab kelayotgan haydovchilarga qaynoq qahva taklif etayotgani, jaziramada koʻchada mehnat qilayotgan obodonlashtirish xodimlariga muzqaymoq va salqin ichimliklar ulashgani, xotin-qizlar kunida esa ayol haydovchi va yoʻlovchilarga gullar taqdim etgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda koʻplab xabar va lavhalar berilgandi”, deydi Nazira Olimjonova.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q