“Uzbekistan Airways” samolyoti bomba haqidagi xabar sabab favqulodda qoʻndirildi

Saqlash
13:53 / 12.04.2022 767 0

2022-yil 11-aprel kuni Minsk-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha HY-710 reysi 15:39 (Toshkent vaqti bilan) Minsk milliy aeroportidan jadvalga muvofiq aviaqatnovni amalga oshirishni boshlagan. A320 havo kemasi Rossiya havo hududida boʻlgan vaqtda “Uzbekistan Airways” AJ, shuningdek, Rossiya va Belarus aviatsiya xizmatlari xodimlarining e-mail manzillariga anonim manzildan havo kemasida bomba joylashgani haqida maʼlumot yuborilgan.

 

“Uzbekistan Airways” AJ axborot xizmati xabar berishicha, havo kemasining yoʻlovchilari va ekipaj aʼzolari xavfsizligini taʼminlash maqsadida A320 havo kemasi komandiri samolyotni tekshirish va koʻzdan kechirish maqsadida eng yaqin “Domodedovo” xalqaro aeroportiga qoʻndirishga qaror qilgan. Ayni paytda layner, yoʻlovchilar, ularning yuklari, yuk va pochta belgilangan tartibda tekshirildi.

 

Havo kemasining minalashtirilgani haqidagi maʼlumot tasdiqlanmadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//