Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 29-mart kuni noma’lum ayol farzandlariga ozor berayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Qoraqalpog‘istonda ayol turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishmovchilik sababli, ikki qizini ayovsiz do‘pposlab, ularga azob berib kelgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
"E’lon qilingan videoni ko‘rishim bilanoq, bu videoni Respublikamizda tashkil etilgan Bolalarni himoya qilish masalalari shoʻbasining telegram kanaliga yubordim. Chunki ushbu organ u bolalarni himoya qilish, ota-onalarini javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning kelajakdagi taqdiri bilan bog‘liq barcha masalalar bilan bevosita shug‘ullanadi", dedi Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova.
Ta’kidlanishicha, hozirda onaga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida ma’lumot berildi. Lekin shu bilan birga, hech narsa ota-onalar tomonidan bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni oqlay olmaydi.
"Biz jamiyat sifatida bu haqiqatni qabul qilmasligimiz kerak. Biz ota-onalarning farzand tarbiyasi uchun mas’uliyatini kuchaytirishimiz, bolalarni shafqatsiz muomala va zo‘ravonlikdan asrash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishimiz kerak.
Zo‘ravonlik nafaqat bolalarning omon qolishi va sog‘lig‘iga, balki ularning hissiy farovonligi va kelajak istiqbollariga ham tahdid soladi. Agar bola erta yoshda, tana va miya rivojlanishining muhim bosqichida zo‘ravonlikni boshdan kechirgan yoki guvohi bo‘lgan bo‘lsa, salbiy oqibatlar qaytarilmas bo‘lishi mumkin. Zo‘ravonlik bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligiga ta’sir qiladi, ularning ta’lim olish va ijtimoiylashuv qobiliyatini pasaytiradi, psixologik jihatdan sog‘lom voyaga yetishishlari va yaxshi ota-onalar bo‘lib shakllanishlariga to‘sqinlik qiladi", deydi A.Yunusova.
Iqtisod
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q