Iqtisod
“Markazlashgan manbalar hisobidan ipoteka va taʼlim kreditlari uchun ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha foiz stavkalarini belgilash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Oʻzbekistonda ipoteka dasturlari va taʼlim kreditlari boʻyicha foiz stavkalari yil oxirigacha oʻzgarishsiz qoladi.
Hujjat bilan Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga ipoteka va taʼlim krediti uchun ajratiladigan resurs mablagʻlari boʻyicha foiz stavkalarini 2022-yil yakuniga qadar, istisno tariqasida, amaldagi foiz stavkalarida, yaʼni ipoteka krediti boʻyicha – 13 foiz, taʼlim krediti boʻyicha – 10 foiz miqdorida saqlab qolish maʼqullangan. Bunda, 10 foiz stavkada ajratilgan resurslar hisobidan taʼlim kreditlari tijorat banklari tomonidan kredit oluvchiga 14 foizdan ajratiladi.
Hujjatga koʻra, Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan resurs mablagʻlari hamda tijorat banklarining ipoteka va taʼlim kreditlari boʻyicha foiz stavkalarini mutanosib ravishda kamaytirish mexanizmi Markaziy bankning asosiy stavkasi 14 foizdan pasayganda qoʻllaniladi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109779
Jamiyat
94153
Jamiyat
89959
Jamiyat
73152
Jamiyat
//
Izoh yo‘q